“Албатта, биз она заминимиз бағридаги ҳар бир моддий ва маънавий мерос намунасини кўз қорачиғидек асраб – авайлаш, қайта тиклаш ва таъмирлаш бўйича қилаётган бу ишларимизни кимгадир намойиш қилиш, кўз – кўз этиш учун эмас, аксинча, келажагимизни ўйлаб, онгимиз ва қалбимиз даъвати билан амалга оширмоқдамиз. Токи эртага бизнинг ўрнимизга келадиган, биз бошлаган олижаноб ишларни муносиб давом эттиришга қодир бўлган ёшларимиз ана шу бебаҳо маънавий бойликдан баҳраманд бўлсин, шу асосда ўзининг кимлиги, қандай буюк зотларнинг авлоди эканлигини англаб етсин”.
Ислом КАРИМОВ

O‘zbekiston yetti davlat fuqarolari uchun vizani bekor qiladi

Чоп этилган: 02.02.2018 Ўқилган: 1704

10 fevraldan Isroil, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz tartib joriy etiladi. O‘zbekiston 2018 yilning 10 fevralidan 7 mamlakat: Isroil, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz tartibni joriy etadi. Bundan tashqari, O‘zbekistonga doimiy aviaqatnovlarni amalga oshirayotgan xorijiy aviakompaniyalar havo kemalarining ekipaj a’zolari uchun ham vizasiz rejim joriy etiladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turistik salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonida ko‘zda tutilgan, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi.

Vizasiz tartib amal qilinuvchi davlatlar soni shu bilan 16 taga yetadi. Ani paytda 9 davlat: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Moldova, Rossiya, Ukraina va Qirg‘iziston fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz yurish huquqi berilgan.

Farmon bilan 10 fevraldan 39 davlat (ro‘yxat — quyida) sayyohlik vizalarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartiblarini joriy etish ko‘zda tutilgan. Unga ko‘ra O‘zbekistonga taklif qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxsning murojaati yoki turistik vaucherni TIVga taqdim etish talabi bekor qilinib, vizani rasmiylashtirish muddati hujjatlar qabul qilingan kunni hisobga olmaganda ikki ish kunidan oshmasligi belgilandi. Shunday qilib, soddalashtirilgan viza tartibiga ega davlatlar soni 15 tadan 51 taga ko‘paydi.

Bundan tashqari, farmonda 2018 yil 1 iyuldan elektron kirish vizalarini taqdim etish tizimini joriy etish vazifasi topshirilgan.

Soddalashtirilgan viza tartibi joriy etilgan davlatlar

Avstraliya

Albaniya

Andorra

Bolgariya

Bosniya av Gersegovina

Vatikan

Vengriya

Gretsiya

Daniya

Hindiston

Irlandiya

Islandiya

Kuvayt

Kanada

Litva

Xitoy, jumladan Gonkong

Lixtenshteyn

Lyuksemburg

Makedoniya

Malta

Monako

Niderlandiya

Yangi Zelandiya

Norvegiya

BAA

Ummon

Portugaliya

Ruminiya

San-Marino

Saudiya Arabistoni

Serbiya

Slovakiya

Sloveniya

AQSH

Finlyandiya

Xorvatiya

Chernogoriya

Shvetsiya

Estoniya

Soddalashtirilgan viza tartibi amalda bo‘lgan davlatlar

Avstriya

Belgiya

Buyuk Britaniya

Germaniya

Ispaniya

Italiya

Latviya

Malayziya*

Polsha

Tailand

Turkiya*

Fransiya

Chexiya

Shveysariya

Yaponiya*

* vizasiz tartib joriy etilgan davlatlar