Hazrati Imom majmuasini ziyorat qilish tartibi

Чоп этилган: 21.04.2017 Ўқилган: 389

Joriy yilning 21 fevralida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan Birinchi Respublika Gidlar Forumi mobaynida soha vakillari tomonidan poytaxtimizning yetakchi ziyoratgohlaridan biri sanalgan "Hazrati Imom" majmuasiga turistlarni tashrif buyurishidagi noqulayliklar bo‘yicha bir nechta murojaatlar aytilgan edi.

Shuni hisobga olgan holda, Qo‘mita taklifi bilan O'zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamg’armasi tomonidan ushbu majmuani ziyorat qilish tartibi ishlab chiqildi. Quyida ushbu tartib bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin:

Hazrati Usmon Mushafi saqlanadigan Mo‘yi Muborak madrasasi ziyoratida turist va gid-tarjimonlarga ko‘rsatmalar:

 - madrasaga bir vaqtning o‘zida 40 nafargacha ziyoratchi kirishi mumkin;

 - madrasaga kirgach 20 daqiqa ichida keyingi guruhlarga joy bo‘shatish maqsadga muvofiq;

 - majmuaga ziyoratga kelgan chet ellik mehmonlar kirish to‘lovlarini madrasa kassasida amalga oshirishlari talab etiladi;

 - madrasada baland ovozda gapirish, baxslashish mumkin emas;

 - madrasada suratga yoki videoga olish ta’qiqlanadi;

 - ziyoratchi ayollar boshiga ro‘mol yoki sharf tashlab olishlari tavsiya etiladi;

 - ziyoratchilar kiyimi ziyorat talabida – me’yordan ortiq kalta, tor yoki ochiq bo‘lmasligi kerak.

 Mo‘yi Muborak madrasasi ish vaqti:

Qabul kunlari: dushanba-juma soat 9.00 dan 17.00 gacha,

Tushlik vaqti: 12.00 dan 13.00 gacha,

Dam olish kunlari – shanba va yanshanba

Turizm mavsumida 1 martdan 30 iyungacha hamda 1 avgustdan 30 noyabrgacha dam olish kunlari ham 9.00 dan 16.00 gacha ziyoratchilarni qabul qiladi.

Murojaat uchun: G’ulomov Murodjon Mahamatovich, telefon: (+998 90) 900-32-82, 150-64-11, elektron manzil:mailto:Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Qo‘shimcha ma’lumot:

- rasmiy delegatsiyalar tashrifi rejalashtirilgan kunlari, mahalliy va xorijiy mehmonlarning madrasaga kirishi vaqtinchalik to‘xtatib turiladi. Bu haqida ma’lumotni ma’muriyat orqali aniqlash tavsiya etiladi;

- majmua hududida hunarmandchilik va suvenir mollari (sopol va chinni buyumlar, tikuvchilik va kashtachilik mahsulotlari, yog’och o‘ymakorligi mollari, miniatyura suratlari tushirilgan qutichalar, turli gazlama va suratlar va x.k.lar) bilan savdo qiluvchi rastalar mavjud.

Majmua hududida quyidagilar ta’qiqlanadi:

- chekish va spirtli ichimliklar ichish;

- mast holda majmua binolariga kirish;

- skeytbord va rolikda uchish, velosiped haydash;

- majmua hududidagi o‘t ustida yurish va gullarni yulish.