Turizm bo‘yicha maxsus xorijiy maslahatchi tayinlandi

Чоп этилган: 07.11.2017 Ўқилган: 236

25-26 oktyabr kuni Anqara shahrida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.Abduxakimov ham ishtirok etdi.

Ushbu uchrashuvlar davomida Turkiya Respublikasi tomonidan yurtimizning turizm sohasini rivojlantirish ishlari samaradorligini oshirishda ko‘maklashish uchun turizm masalalari bo‘yicha Sadik Badak maslahatchi sifatida nomzodi taklif etildi.

Shu munosabat bilan, Qo‘mita delegatsiyasi a’zolari Sadik Badak bilan uchrashuvda maslahatchining O‘zbekistonga tashrifi hamda tashrif davomida amalga oshiradigan ishlari yuzasidan batafsil kelishib oldilar.

Turizm masalalari bo‘yicha maslahatchi vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

- uzoq muddatli istiqbolda (5 yillik va 10 yillik) O‘zbekiston Respublikasining turizm salohiyatini rivojlantirish strategik rejasini Turkiya davlatining 30 yillik tajribalaridan foydalangan holda ishlab chiqish;

- O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasidagi qonunchiligini yanada takomillashtirish borasida hamda turizm sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

- turizm xizmatlari sifatini yanada yaxshilash maqsadida xizmatlar sohasidagi kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv dastrularini ishlab chiqish hamda alohida uquv kurslarini tashkil etish;

- O‘zbekiston Respublikasi uchun salohiyatli turizm bozorlarini o‘rganish hamda ayni shu bozorlarga yo‘naltirilgan brendlarni ishlab chiqish yuzasidan takliflar tayyorlash;

- O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan turistlar oqimi tahlil qilish, ular tomonidan amalga oshirilayotgan sarf-xarajatlarini o‘rganish va turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;

- xorijiy va mahalliy turistlar uchun mo‘ljallangan yangi turizm maxsulotlari va yo‘nalishlarini ishlab chiqish;

- turizm, sanoat, transport va savdo sohalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, mazkur hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarni turizmni rivojlantirish masalalariga yo‘naltirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

- turizm faoliyati sub’ektlarining ish samaradorligini oshirish, buning natijasida ular tomonidan turizm sohasiga yanada ko‘proq xissa qo‘shishini tashkil etish hamda tadbirkorlik sub’ektlari va davlat organi o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

- O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish va qo‘mita tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifat darajasini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

- turizmga daxldor tijorat va sanoat sektorlarini rivojlantirish, ularning ish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

- respublikaning turizm salohiyati mavjud hududlarida turizm infratuzilmalarini barpo etishning bosh rejalashtirilgan loyihasini shakllantirish, turizmni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish, respublikaning turizm salohiyatini o‘rgangan holda uni yuqori darajaga olib chiqish va turizm brendini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

- turizm infratuzilmalarini barpo etish, shu jumladan 3 va 4 yulduzli (darajali) mehmonxonalar, turizm namoyishi ob’ektlari, sport inshootlari, tog‘ oldi turizm klasterlari, alohida turizm zonalari, turistlarga mo‘ljallangan restoranlar va boshqa ob’ektlarni loyihalashtirish, ularning investitsion takliflarini tayyorlash, shuningdek, tayyorlangan loyihalar uchun salohiyatli investorlarni aniqlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Manba: uzbektourism.uz